Toʻrayev Bahodir Sherali oʻgʻli 1992-yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tugʻilgan. 2010-2016-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy-profilaktika ishi yoʻnalishida taʼlim olgan. U 2015-2016-yillarda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti Tabiiy oʻchoqli oʻta xavfli virusli infeksiyalar laboratoriyasida laborant lavozimida ishlagan. 2016-yilning iyun-avgust oylarida Shahrisabz tumani DSENM Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻlinmasida sanitar-vrach lavozimida ishlagan.  2016-2018-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. 2018-yildan 2022-yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabida assistent lavozimida ishladi. 2022-yildan hozirgi kunga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi, Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabi “14.00.33-Jamiyat salomatligi. Sogʻliqni saqlashda menejment” ixtisosligi tayanch doktoranti. Hozirgi kunda “Erkaklar bepushtligini oldini olishning birlamchi va ikkilamchi profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.