Kasimova Dilfuza Abrarovna 1972-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan t.f.n. dotsent.
2000–2002yy.–Toshkent shahar Ichki Ishlar Vazirligiga qarashli tibbiyot boshqarmasi sanitariya-epidemiologiya xizmatida shifokor-epidemiologi vazifasida ishlagan.2002–2008 yy.– Toshkent shahar Y.Oxunboboev nomli tibbiyot kollejida tibbiyot-profilaktika bo‘limida, o‘qituvchi bo`lib ishlagan.2008-2009 yy.–Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi assistenti bo`lib ishlagan. 2010-2012yy.-Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabida katta o‘qituvchi, t.f.n. 2014-h/v.–Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi dotsenti, t.f.n. D.A.Kasimovaning umumiy ish davomiyligi 30 yil, shu jumladan, mazkup oʻquv yurtidagi pedagogik ish staji 20 yil. D.A.Kasimova dotsent, t.f.n. ilmiy – pedagogik faoliyati davomida talaba-magistrlar orasida umummetodologik fanlardan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Tibbiy yordam sifatini oshirish asoslari”, “Sogʻliqni saqlash menejmenti va iqtisodiyoti”, “Maxsus fanlarni oʻqitish uslubiyoti” fanlaridan akademiya magistr-talabalari orasida amaliy mashgʻulotlar, “Sogʻliqni saqlash menejmenti va iqtisodiyoti” fanidan ular uchun 2 ta darslik, 10 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, “Tibbiy yordam sifatini oshirish asoslari” fanidan oʻquv qoʻllanmalar o`zbek va rus tilida 2 ta “Общественное здоровье и управления в здравоохранение” fanidan «учебное пособие» tayyorlagan va magistr-talabalarga maʼruzalar olib boradi. 200 ta ilmiy maqolalar 2 ta monografiya va 4 ta uslubiy tavsiyanomalar tayyorlagan. 5A510115 – «Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligi” mutaxassisligi boʻyicha 7 yil dastur direktori va moderatori, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib borishi bilan bir qatorda, har yili koʻplab maqolalar va tezislar chop etgan, 25 dan ortiq talaba-magistrlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilib keladi.
Hozirgi kunda « Состояние здоровья, качества жизни детей-инвалидов и совершенствование их медико-социальной помощи в Республике Узбекистан» mavzusida (DSc) doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda. Shuningdek, 15 ta ilmiy maqolalar, 35 ta tesislar shundan 6 tasi yaqin horijda chop etilgan. 2 ta monografiya va 2 ta uslubiy tavsiyanomalar tayyorlangan.