Tolipova Gulhayo Komiljon qizi 1992-yilda Andijon shahrida tugʻilgan.
2010-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining “Tibbiy profilaktika ishi” fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan. 2016-yilda bakalavriatni tamomlab, shu yili Toshkent tibbiyot akademiyasi magistraturasiga qabul qilingan. Talabalik paytlarida ilmiy adabiyotlarga qiziqishi, tashkilotchiligi va jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turgan. Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabida va ilmiy raxbarlar tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib kelgan. 2023-yil 4-yanvarda Toshkent tibbiyot akademiyasiga 14.00.33-“Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranturaga qabul qilindi. Xozirda “ Bolalarda amalga oshirilayotgan immunoprofilaktika ishlarining tashkiliy jixatlarini takomillashtirish” mavzusi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy rahbarlar- t.f.d., professor Atabekov Nurmat Satiniyazovich, t.f.d., professor Mamatqulov Bahromjon Mamatqulovich. Mehnat staji 6 yil. Dissertasiya mavzusi boʻyicha 10 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan