Adilova Zilolaxon Ulmasovna 1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1990-1992-yillarda 1- Toshkent Davlat tibbiyot institutining Tibbiy biofizika kafedrasida laborant lavozimida ishlagan. 1994-yildan 1996-yilgacha 2-Toshkent tibbiyot bilim yurtida sirtqi boʻlimida oʻqigan. 1996-yildan 2001-yilgacha Uchtepa tumanidagi “Ona va bola” markazida hamshira lavozimida ishlagan.
2001-yilda 2- Toshkent Davlat tibbiyot institutining “Oliy hamshiralik ishi” fakultetida tahsil olgan. 2004-yil bitirib “Jamoat tibbiyoti va sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha magistraturaga oʻqishga qabul qilingan. 2006-yilda ushbu mutaxassislik boʻyicha Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirib, shu yerda Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabiga assitent lavozimiga ishga qabul qilingan va xozirda katta o‘qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda.
Hozirgi kunda 40 ta ilmiy maqola va 20 dan ortiq tezislar, 3 ta uslubiy tavsiyanoma, 1 ta monografiya, 3 ta DGU, 1 ta BGU, 6 ta o‘quv-uslubiy tavsiyanoma, 3 ta tavsiyanomalar nashr etilgan. “ Uyushgan maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligini saqlashda o‘rta tibbiyot xodimlarni ishini takomillashtirish ” nomli ilmiy tadqiqotini yakunlayapti. Oliy maʼlumotli hamshiralar fakulteti talabalari uchun “Ilmiy tekshirish ishlarini amaliyotda qoʻllash” (Dalillarga asoslangan tibbiyot) darsligi (“17”12 2012 g.) chiqarilgan. 2023 yilda “Dalillarga asoslangan hamshiralik amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma (hammualliflar bilan) chop etgan