




Mazkur nufuzli ilmiy musobaqa Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etildi.Musobaqada nafaqat O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot oliygohlari hamda MDH va boshqa xorijiy davlatlardan kelgan magistr talaba-yoshlar ishtirok etdi.
– Olimpiadaning asosiy maqsadi —Klinik amaliyotda ilmiy yondashuvni ommalashtirish, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislar va magistrlarda tibbiy ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish hamda dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari bilan ishlash ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirish, hamda tibbiyot ta’limi sifatini yuksaltirishdan iborat.Tadbir davomida qatnashchilar bir nechta bosqichlardan iborat testlar, vaziyatli masalalar tahlil va amaliy mashg‘ulotlarda o‘z salohiyatlarini namoyish etdilar.
-Olimpiada nafaqat raqobat, balki ilmiy muloqot, do‘stlik va xalqaro hamkorlik muhitida o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
-Mazkur olimpiada ToshDavTibUni tashabbusi bilan an’anaviy ravishda o‘tkazilib, yosh mutaxassislar uchun katta motivatsiya va professional o‘sish imkonini yaratmoqda.



