Xush kelibsiz!
Hurmatli mehmonlar va hamkasblar!
Sizni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Jamoat salomatligi maktabi kafedrasi veb-saytida qutlab qolishdan mamnunman. Ushbu sahifa kafedramiz faoliyati, ta’lim jarayoni, ilmiy izlanishlar hamda jamoat salomatligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarimiz bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Kafedramiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mas’uliyatli hamda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Biz ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasiga alohida e’tibor qaratib, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun qulay ilmiy-ta’limiy muhit yaratishga intilamiz.
Veb-saytimiz orqali siz kafedra hayoti, o‘quv dasturlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy faoliyatimiz haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Sizning qiziqish va hamkorlikka tayyorligingiz biz uchun muhim.
Hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish yo‘lida samarali muloqot bo‘lishiga ishonaman.
Hurmat bilan,
Azizova Feruza Lyutpillaevna
Jamoat salomatligi maktabi kafedra mudiri
Toshkent davlat tibbiyot universiteti


