Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, shuningdek akademik mobillik doirasida o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlarining professor-o‘qituvchilari hamda mutaxassislarini jalb etish maqsadida, ToshDavTU Jamoat salomatligi maktabi hamda Yaponiyaning Juntendo universiteti bilan hamkorlikda joriy yilning 4,5,6 may kunlari seminar-trening shaklida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.