Raxmatullayeva Mardonaxon Qahramon qizi

Raxmatullayeva Mardonaxon Qahramon qizi 1994-yilda Toshkent vilolyatida  tugʻilgan.

2015-yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Oliy maʼlumotli hamshira fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan. 2017-yilda bakalavriatni tamomlab, shu yili Toshkent tibbiyot akademiyasi  jamoat salomatligi va sogʻlikni saqlashni boshqarish  magistratura yoʻnalishiga qabul qilingan. Talabalik paytlarida faol va o‘qishga qiziqishi, tashkilotchiligi va jamoat ishlarida liderligi bilan ajralib turgan. Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabida va ilmiy raxbarlar tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib kelgan. 2023-yil 4-yanvarda Toshkent tibbiyot akademiyasiga 14.00.23-“Hamshiralik ishini tashkil etish” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranturaga qabul qilindi. Xozirda “ Bir yoshgacha bolalar salomatligini yaxshilash, monitoringini olib borishda patronaj xizmatini raqamlashtirish ” mavzusi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy rahbar- Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi direktori t.f.d., professor Mamatqulov Bahromjon Mamatqulovich. Mehnat staji 4 yil. Dissertasiya mavzusi boʻyicha 10 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.