Tibbiyot fanlari doktori, professor Mamatqulov Baxromjon Mamatqulovich. Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi direktori tibbiyot fanlari doktori, professor. Fargʻona viloyati Beshariq tumanida tavallud topgan. Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabi asoschisi. U 2006-yil maktab ochilgandan hozirgi kungacha JSSM direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Mamatqulov Baxromjon Toshkent davlat tibbiyot institutining Sanitariya-gigiyena fakultetini 1972-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan.
1972-yildan-1990yilgacha Toshkent davlat tibbiyot institutining “Ijtimoiy gigiyena va sogʻliqni saqlashni tashkil etish” kafedrasida stajyor-tadqiqotchi, assistent va dotsent lavozimlarida ishlagan. 1982-yili nomzodlik, 1997yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1990-1992-yillarda Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi muovini, 1992-2000-yillarda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Fargʻona filialining dekani, “Ijtimoiy gigiyena va sogʻliqni saqlashni tashkil etish” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2001-2006yillarda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti, keyinchalik Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat salomatligi, sogʻliqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedrasi kafedra mudiri, 2005-2008-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Magistratura boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2006-yil maktab ochilgandan hozirgi kungacha JSSM direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
B.M.Mamatqulov tomonidan 17 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari va 2 nafar fan doktorlari, 80 dan ortiq sogʻliqni saqlashni boshqarish, jamoat salomatligi hamda oliy hamshiralik ishi mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlangan. Hozirda uning rahbarligida 4ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda. Soʻnggi yillarda professor B.M.Mamatqulov tomonidan 10 ta darslik, 20 ta oʻquv qoʻllanmalar, 10 ta monografiya, 45ta oʻquv uslubiy qoʻllanma, 300dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan , ushbu maqolalarning 50 dan ortigʻi nufuzli chet el jurnallarida chop etilgan. 2023 yili samarali mehnati uchun I darajali mehnat faxriysi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.