Umurzakova Dilorom Abdumuminovna. 1989-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan. 2010-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Tibbiy profilaktika ishi” fakultetiga kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan. 2016-yilda bakalavriatni tamomlab, shu yili Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi “Sog‘liqni saqlashda menejment va jamoat salomatligi” magistratura yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Talabalik paytlarida ilmiy adabiyotlarga qiziqishi, tashkilotchiligi va jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turgan. Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabida va ilmiy raxbarlar tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib kelgan. 2018-2023 yillar mobaynida Andijon viloyat SEO va JSB Epidemiologiya bo‘limida vrach epidemiolog; shuningdek 2022-2023 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy gigiena va SSB kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2023-yil 4-yanvarda Toshkent tibbiyot akademiyasiga 14.00.33-“Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranturaga qabul qilindi. Hozirda “Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi tarqalganligi, havf omillari va uning profilaktikasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy rahbarlar- t.f.d., professor Mamatqulov Bahromjon Mamatqulovich. Mehnat staji 7 yil. Dissertasiya mavzusi boʻyicha 10 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.
so'ngi yangliklar
- Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Jamoat sog’lig’ini saqlash maktabi o`qituvchi hamda magistr talabalarining “Biz sog’lom yurt farzandlarimiz” sport bayramida ishtiroki
- 9.04.2024 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat sog’lig’ini saqlash maktabi t.f.d. professor Mamatqulov B. M. hamda Qozog’iston Respublikasi Olmaota shahridagi S.D.Asfendiyarov nomidagi “Qozoq milliy tibbiyot universiteti” “Tibbiyot huquqi” kafedrasi mudiri Bagatiryova L.B. tomonidan integral ma’ruza o‘tkazildi
- “Konstitutsiya — bahtimiz qomusi”
- 1-dekabr «Butunjaxon OITS ga qarshi kurashish kuni»
- «Aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi