8.12.2023 yil. Inson huquq va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi. Aslida qonunlarning maqsadi inson va uning sha`ni, huquqiy erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir. Jamoat sog`lig`ini saqlash maktabi pedagog xodimlari tomonidan “Konstitutsiya — bahtimiz qomusi” mavzusida talabalar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har hil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi.

Leave a Comment