Nematov Abdurashid Abdugʻaffor oʻgʻli 27.10.1991-yili Toshkent viloyati Piskent tumanida tugʻilgan.
1998-2007-yillarda Toshkent viloyati Piskent tumani 10 sonli umumiy oʻrta talim maktabida oʻqigan. 2010-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2 son akademik litseyni tugatgan. 2011-2012-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. 2012-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika fakultetiga oʻqishga kirib uni 2018-yilda muvaffaqqiyatli tamomlagan. 2018-2020-yili Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish magistratura mutaxassisligini tugatib, shu yildan boshlab 2022-yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabida assistent lavozimida ishladi. 2022-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi, jamoat sogʻligʻini saqlash maktabiga 14.00.33-Jamiyat salomatligi. Sogʻliqni saqlashda menejment ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranturaga konkurs asosida qabul qilindi.