O‘zbekiston Respublikasida jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Respublika sog‘liqni saqlash Vazirligi (№99, 3-Mart 2004 yil) hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining buyruqlari (№91, 18-Aprel 2006 yil) asosida Respublikamizda yagona bo‘lgan Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi (JSSM) tashkil etildi.
JSSMning asosiy maqsadi sog‘liqni saqlash tizimiga yuqori malakali jamoat sog‘lig‘ini saqlash va sog‘liqni saqlashni boshqarish mutaxassislarini magistratura va doktorantura orqali tayyorlash, tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha sog‘liqni saqlash amaliyotiga ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish va tadbiq etishdan iborat.
Malumki, hozirgi kunda dunyoda innovatsion texnologiyalar juda rivojlangan. Dunvo rivolanishidan tashqarida qolmaslik uchun bilimga intilish kerak. Zamonaviy sharoitda ilm-fan rivojidan muvaffaqiyatli gapirish uchun maktabimiz
shuningdek, bu rivolantirishlarga o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi. Maktabda tibbiyot fanlari doktori, tibbiyot fan nomzodlari, falsafa doktorlari, o‘z sohalarida yetakchi mutaxassislar mavjud. Maktabda talabalarning ilmiy ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda
Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi saytida xodimlar haqida ma`lumot olishingiz, maktabning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarni bilishingiz mumkin. Bundan tashqari maktab hayoti haqidagi yangiliklar: o‘quv jarayoni, ilmiy to‘garaklar, fanlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan olimpiada, amaliy respublika, xalqaro doiradagi ilmiy-amaliy konferensiyalar haqida ham sizni qiziqtirgan ma`lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Maktab tashkil etilgandan buyon dunyoning yetakchi institut va universitetlari bilan halqaro xamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Hamshiralik doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar haqida ham qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.