Otajonov Ilxom Otaboyevich 1982 yil 18-fevralda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. 1999-yili Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tugatgan. 2000-2006-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy-profilaktika fakultetini bitirgan. 2006-2008 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida Ovqatlanish gigiyenasi bo‘yicha magistraturasida tahsil olgan. 2009–2012 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasi aspiranturasida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2012 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasi assistenti sifatida boshlagan. 2012–2017 yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2019-2021 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi doktoranti, shu jumladan Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2021-2022 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasi assistenti, shu jumladan tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgna. 2022-2023 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i, 2023-2025 yillarda 1-son davolash fakulteti dekani bo‘lib ishlagan. 2025 yil 1-iyuldan Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakulteti dekani, shu bilan birga Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda “Nauchnoe obosnovanie professionalnыx i organizatsionnыx form deyatelnosti meditsinskix sester obщey praktiki v semeynыx poliklinikax” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda. Shuningdek, 15 ta ilmiy maqola tayyorlanib, shundan 6 tasi yaqin xorijda nashr etilgan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 147ta, shu jumladan uzoq xorijda 37ta ilmiy ishlar chop etilgan. Respublikamizda nufuzli ilmiy jurnallarda 27ta maqola bosmadan chiqqan. 10ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, 2 ta darslik, 4 ta o`quv qoʻllanma, 1 BGU, 4 DGU va 2 monografiya nashr etilgan.
2011 yilda “Hozirgi taraqqiyot davrida talabalar ovqatlanishini gigienik asoslash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2021 yilda esa “Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun kam oqsilli parhezni tibbiy-biologik asoslash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 120 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop ishlari nashr etilgan. Jumladan: 60 ta ilmiy maqola, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 10 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta patent, 2 ta yangi oziq-ovqat mahsuloti uchun texnik shartlar va 50 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar chop etilgan.
Ilxom Otajonov rahbarligida 2 nafar fan nomzodi dissertatsiyasi himoya qilingan. Hozirgi kunda u 1 nafar Doctor of Science va 5 nafar PhD tadqiqotchisi hamda magistrantlarga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, u iqtidorli talabalar bilan samarali ish olib borib, uning rahbarligida 1 nafar Prezident granti hamda Ibn Sino davlat stipendiyasi sohibi tayyorlangan, shuningdek bir qator talabalar xalqaro va respublika olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ovqatlanish gigienasi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi SD koordinatori, O‘zbekiston nutritsiologlar assotsiatsiyasi direktori, FAO tashkilotining milliy maslahatchisi hisoblanadi.




