Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari hackathon startap loyihalarida g‘olib bo‘ldi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari hackathon startap loyihalarida g‘olib bo‘ldi

Yangi O‘zbekiston universitetida startap va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir — hackathonning uchinchi kuni, yakuniy bosqichi (Demo Day) muvaffaqiyatli tarzda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur hackathon Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Yangi O‘zbekiston universiteti hamkorligida tashkil etilib, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap tashabbuslarni rivojlantirish va universitetlararo hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

Tadbir doirasida universitetlarda startap ekotizimini shakllantirish, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida qator amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Jumladan, “Pitch Smart: 5 daqiqada investorlarni qanday ishontirish mumkin” mavzusida treninglar, mentorlik sessiyalari, jamoaviy ishlash jarayonlari hamda networking uchrashuvlari o‘tkazildi.

Demo Day jarayonida Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Yangi O‘zbekiston universiteti jamoalari tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar hakamlar hay’ati e’tiboriga taqdim etildi. Ishtirokchilar o‘z innovatsion yechimlari va biznes g‘oyalarining amaliy ahamiyati, dolzarbligi hamda istiqbollarini asoslab berdilar.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, hackathon yakunida quyidagi startap loyihalar g‘olib deb topildi:

🥇 1-o‘rin — Mind Tech
🥈 2-o‘rin — VitalSync AI
🥉 3-o‘rin — Scandina

Shuningdek, DBaby loyihasi “Eng istiqbolli startap” (Promising Startup) nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Yangi O‘zbekiston universiteti o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *