{"id":3076,"date":"2025-11-10T16:35:56","date_gmt":"2025-11-10T11:35:56","guid":{"rendered":"https:\/\/sph.tma.uz\/?p=3076"},"modified":"2026-01-15T11:38:24","modified_gmt":"2026-01-15T06:38:24","slug":"prezidentimiz-tibbiyotni-raqamlashtirish-va-tibbiy-talimni-takomillashtirish-rejalari-bilan-tanishdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/post\/3076","title":{"rendered":"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, mamlakatimiz sog\u2018liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiyot muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda tibbiyot sohasining o\u2018ziga 230 trillion so\u2018m\u00a0 yo\u2018naltirildi. Buning hisobiga joylarda 187 ta yangi poliklinika va shifoxona ishga tushdi, 1 ming 244 tasi rekonstruksiya qilinib, jihozlandi.<\/p>\n<p>Natijada birlamchi tibbiyot muassasalari quvvati 60 foizga oshib, tibbiy xizmat aholiga ancha yaqinlashdi. Ilgari asosan poytaxtda bajarilgan yuqori texnologik va diagnostika-davolash usullarining 400 dan ortig\u2018i hududlarda amalga oshirilmoqda. Yuzlab murakkab amaliyotlar viloyat markazlariga, kam invaziv operatsiyalar tuman darajasiga tushirildi.<\/p>\n<p>Birinchi marta 45 ta tumanda buyrak ko\u2018chirib o\u2018tkazish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Tibbiyotdagi bu o\u2018zgarishlarni millionlab odamlarimiz o\u2018z hayotida his etmoqda, xalqaro tashkilotlar tomonidan e\u2019tirof etilmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda yurtimiz tibbiyotida ilg\u2018or texnologiyalar joriy etilib, ta\u2019lim jarayonlariga ham keng tatbiq qilinmoqda. Xususan, uchta oliy ta\u2019lim muassasasi negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etildi. Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yildi. Sakkizta tibbiyot oliy ta\u2019lim muassasasi xalqaro akkreditatsiyadan o\u2018tdi. Bu sohada zamonaviy bilim va ko\u2018nikmalarga ega kadrlar tayyorlash imkoniyatlari yanada kengaydi.<\/p>\n<p>Toshkent davlat tibbiyot universitetida infratuzilma yaxshilanishi natijasida ta\u2019lim oluvchilar soni 29 ming 864 nafarga yetdi. O\u2018quv jarayonlari eng zamonaviy talablar darajasiga ko\u2018tarildi, raqamlashtirish faol davom etmoqda.<\/p>\n<p>Sog\u2018liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalari haqida axborot berildi. Mamlakat bo\u2018ylab davlat tibbiyot muassasalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya jihozlari bilan ta\u2019minlandi, yagona raqamli infratuzilma shakllantirildi.<\/p>\n<p>2024\u20132025-yillarda 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi lokal tarmoq bilan ta\u2019minlandi. Minglab yangi kompyuterlar xarid qilinib, texnik baza yangilandi.<\/p>\n<p>Prezidentimizga DMED yagona elektron axborot tizimi imkoniyatlari ham taqdim etildi. Bu tizim orqali 36 million nafardan ziyod fuqarolarning tibbiy ma\u2019lumotlari yagona bazada jamlandi. Tez tibbiy yordam xizmatida elektron boshqaruv yo\u2018lga qo\u2018yilib, chaqiriqlarga yetib borish vaqti 25-30 daqiqadan 10-15 daqiqagacha qisqartirildi. Yaqin kelajakda \u201cOnline-shifokor\u201d xizmati joriy etilib, aholiga masofadan tibbiy maslahat berish imkoni yaratiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cElektron retsept\u201d tizimi faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilishi natijasida ortiqcha dori yozish holatlari 40 foizga kamaydi, dori vositalari aylanmasi shaffoflashdi. Barcha tibbiy ma\u2019lumotlar biometrik himoya ostida saqlanib, shaxsiy ma\u2019lumotlar xavfsizligi ta\u2019minlanmoqda.<\/p>\n<p><em>\u2013 Zamonaviy tibbiyot muassasalarini barpo etyapmiz, sohada sun\u2019iy intellektni joriy qilyapmiz, eng ilg\u2018or uskunalarni olib kelyapmiz. Bu o\u2018zgarishlar eng quyi bo\u2018g\u2018ingacha yetib borishi zarur. Eng muhimi, har bir tibbiyot xodimining malakasini oshirish, zamonaviy bilim va ko\u2018nikmalar bilan ta\u2019minlashga e\u2019tibor qaratishimiz lozim. Shundagina harakatlarimiz natija beradi,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>\u201cRaqamli sog\u2018liqni saqlash markazi\u201d faoliyati haqida ham axborot berildi. Unda barcha tibbiyot muassasalarining faoliyati real vaqt rejimida kuzatilib, surunkali kasalliklar va aholi salomatligi ko\u2018rsatkichlari tahlil qilinmoqda.<\/p>\n<p>Prezidentimiz tibbiyot tizimining raqamlashtirilishi bemorlar uchun qulaylik, shifokorlar uchun samaradorlik, davlat uchun esa shaffoflik va tejamkorlikni ta\u2019minlash uchun muhim ekanini ta\u2019kidlab, bu ishlarni jadal davom ettirishni topshirdi.<\/p>\n<p>Tashrif chog\u2018ida universitetdagi zamonaviy ta\u2019lim muhiti va sun\u2019iy intellekt yordamida faoliyat yuritayotgan o\u2018quv laboratoriyalari bilan tanishildi. Reanimatsiya, oilaviy poliklinika, shoshilinch yordam, operatsiya, pediatriya, akusherlik va terapiya bo\u2018yicha simulyatsion xonalarda talabalar amaliyot orqali bilim va ko\u2018nikmalarini mustahkamlamoqda. Buning uchun yaratilgan sharoitlar va kelgusi rejalar haqida batafsil axborot berildi.<\/p>\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, bu jarayonda ilg\u2018or usul va texnologiyalarni qo\u2018llashni yanada kengaytirish yuzasidan mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qo\u2018ydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3101\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534004_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534004_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534004_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534004_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534004_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534004_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3098\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534005_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534005_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534005_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534005_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534005_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534005_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3095\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534003_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534003_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534003_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534003_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534003_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534003_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3092\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534006_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534006_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534006_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534006_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534006_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534006_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3089\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534009_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534009_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534009_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534009_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534009_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534009_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3086\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534007_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534007_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534007_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534007_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534007_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534007_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3083\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534008_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534008_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534008_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534008_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534008_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534008_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3080\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534011_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534011_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534011_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534011_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534011_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534011_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><img decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3077\" src=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534010_y-300x200.jpg\" alt=\"Prezidentimiz tibbiyotni raqamlashtirish va tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish rejalari bilan tanishdi\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534010_y-300x200.jpg 300w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534010_y-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534010_y-768x512.jpg 768w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534010_y-360x240.jpg 360w, https:\/\/sph.tma.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/photo_5228807162157534010_y.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, mamlakatimiz sog\u2018liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiyot muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta\u2019limni takomillashtirish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. So\u2018nggi yillarda tibbiyot sohasining o\u2018ziga 230 trillion so\u2018m\u00a0 <a href=\"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/post\/3076\" class=\"read-more\">Read More &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":4,"featured_media":3104,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-3076","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3076","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/4"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3076"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3076\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3107,"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3076\/revisions\/3107"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3104"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3076"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3076"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sph.tma.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3076"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}