Urazaliyeva Ilmira Ravkatovna

Urazaliyeva Ilmira Ravkatovna 08.09.1981-yili Yangiyer shaxrida tugʻilgan. 1999-yili Toshkent viloyati Olmaliq shahri tibbiyot kollejini tugatgan. 1999-2000-yiligacha Sirdaryo viloyati Sardoba tumani markaziy kasalxonasida reanimatsiya va anestiziologiya boʻlimida navbatchi hamshira lavozimida ishlagan. 2003-yili I Toshkent Davlat Tibbiyot Institutida Oliy hamshiralik ishi fakultetini tamomlagan. 2003-2005-yili I Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti Sogʻliqni saqlashda marketing va menejment kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2005-2007-yili Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Jamot tibbiyoti va sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish magistratura mutaxassisligini tugatdi. 2007-yildan Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabi dotsent (PhD) lavozimida ishlab kelmoqda.

Hozirgi kunda “Научное обоснование профессионалных и организационных форм деятелности медицинских сестер общей практики в семейных поликлиниках” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda. Shuningdek, 15 ta  ilmiy maqola tayyorlanib, shundan 6 tasi yaqin xorijda nashr etilgan.

Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 147ta, shu jumladan uzoq xorijda 37ta ilmiy ishlar chop etilgan. Respublikamizda nufuzli ilmiy jurnallarda  27ta maqola bosmadan chiqqan. 10ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, 2 ta darslik, 4 ta o`quv qoʻllanma, 1  BGU, 4 DGU  va 2 monografiya nashr etilgan.

Ilmiy ishlari patronaj tibbiyot hamshiralarining ishini toʻgʻri tashkil etish, ish vaqtidan toʻgʻri va unumli foydalanish, ishning sifati va samaradorligini, kasbiy kompetentligini, bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan bosqichma-bosqich kompleks tizimli yondashuv asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.

Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan jami 56 ta ilmiy ishi chop etilgan, ulardan 4 tasi uslubiy tavsiyanoma, 9 tasi ilmiy maqola, shundan 1 tasi nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. 23ta tezis ilmiy-amaliy konferensiyalarda nashir etilgan, shundan 21 tasi xorijiy nashrlarda chop qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi “Gigiyena va sanitariya, sogʻliqni saqlashni tashkil qilish” yoʻnalishi boʻyicha Muvofiqlashtirish kengashning kotibi.

I.R.Urazaliyeva TTA  Oliy taʼlim muassasalararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida Grant tavsilotlarini muvofiqlashtirish boʻlimi metodisti.